Tashkilotchilar tanlovi nizomi
1. Tashkilotchi
«Sabnur Invest» MChJ (Sabnur Invest LLC), STIR 302768664, manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 32-uy. Tanlov Gap! ilovasi va mygap.uz foydalanuvchilari orasida o‘tkaziladi.
2. Tanlov turi
G‘oliblar tasodif (qur’a) bilan emas, faqat quyidagi ball tizimi bo‘yicha aniqlanadi. Tanlovda qatnashish uchun alohida to‘lov olinmaydi.
3. Davr
Har chorak: yanvar–mart, aprel–iyun, iyul–sentabr, oktabr–dekabr (Toshkent vaqti). Birinchi davr — 2026-yil 4-chorak.
4. Mukofot jamg‘armasi
- Jamg‘arma — chorakda Gap! obunasidan tushgan daromad, undan to‘lov tizimi komissiyasi (2%), soliq (4%) va operatsion xarajatlar (10%) ayirilgandan keyin qolgan summaning 20%i.
- O‘tgan choraklardan taqsimlanmay qolgan qism qo‘shiladi.
- Jamg‘arma 500 000 so‘mdan kam bo‘lsa, shu chorakda mukofot berilmaydi va jamg‘arma keyingi chorakka o‘tadi.
- Taqsimot: 1-o‘rin — 40%, 2-o‘rin — 25%, 3-o‘rin — 15%, 4-o‘rin — 12%, 5-o‘rin — 8%. G‘olib beshtadan kam bo‘lsa, qolgan ulush keyingi chorakka o‘tadi.
- Joriy jamg‘arma va peshqadamlar mygap.uz/tanlov sahifasida ko‘rsatiladi.
5. Kim qatnashadi
- Gap! foydalanuvchisi, shaxsi MyID orqali tasdiqlangan.
- Chorak davomida obunasi to‘langan (bepul davr va sovg‘a qilingan kunlar hisobga olinmaydi).
- Tashkilotchi xodimlari qatnashmaydi.
6. Ball
- Ishtirokchi tashkil qilgan gaplarda (kamida 4 kishi, badal kamida 50 000 so‘m) chorak ichida o‘z vaqtida tasdiqlangan har bir a’zo badali — 1 ball. Bir a’zo bir oyda bir marta hisoblanadi.
- MyID orqali tasdiqlanmagan a’zo badali, shuningdek avvalgi gapdagi odamlar (75% va undan ko‘pi) bilan qayta ochilgan gap — 0,5 ball.
- Chorakda kechikishsiz yakunlangan gap (kamida 4 hafta davom etgan) — +5 ball.
- Ishtirokchi gaplaridagi 3 kundan ortiq hal qilinmagan har bir kechikkan badal — −1 ball.
- Ball teng bo‘lsa, ko‘proq badal hisoblangan ishtirokchi yuqori turadi.
7. Halollik
- Soxta gaplar, kelishib «To‘ladim» belgilash yoki boshqa aldov aniqlansa, ishtirokchi tanlovdan chiqariladi va mukofot berilmaydi.
- Natijalar to‘lovdan oldin tekshiriladi. Mukofot chorak yopilgandan 30 kun o‘tib to‘lanadi.
8. Mukofotni olish
- Mukofot g‘olibning o‘z nomidagi bank kartasiga o‘tkaziladi.
- Mukofotdan jismoniy shaxslar daromad solig‘i (12%) Tashkilotchi tomonidan ushlab qolinadi va byudjetga to‘lanadi.
- G‘olib 60 kun ichida bog‘lanmasa, mukofot keyingi chorak jamg‘armasiga qaytadi.
9. Boshqa
- Apple Inc. va Google LLC tanlov homiysi emas va unda ishtirok etmaydi.
- Nizom o‘zgarsa, o‘zgarish keyingi chorakdan kuchga kiradi va shu sahifada oldindan e’lon qilinadi.
- Savollar: Gap! ilovasidagi «Yordam» bo‘limi yoki sabnurholding@mail.ru.