Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 9-oktabr

Ushbu siyosat Gap! ilovasi va mygap.uz sayti (keyingi o‘rinlarda — «Gap!») foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qanday yig‘ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi. Gap! O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga (O‘RQ-547) muvofiq ishlaydi.

1. Ma’lumotlar operatori

«Sabnur Invest» MChJ (Sabnur Invest LLC), STIR 302768664, manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 32-uy. Murojaat uchun: +998 78 150 55 33, sabnurholding@mail.ru, Telegram: @mygapuz_bot.

2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

Yig‘ilmaydi: bank karta ma’lumotlari, pasport ma’lumotlari, kontaktlar ro‘yxati, joylashuv. Android ilovasi faqat siz ruxsat bergan bitta kirish kodi SMS’ini o‘qiydi (Google SMS User Consent); boshqa SMS’laringiz o‘qilmaydi.

3. Nima uchun ishlatamiz

4. Kimlar ko‘radi

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.

5. Saqlash joyi va muddati

Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi va hisob faol bo‘lgan davrda saqlanadi. Kirish kodlari 5 daqiqadan so‘ng yaroqsiz bo‘ladi va faqat shifrlangan (hash) ko‘rinishda saqlanadi.

Hisobni o‘chirish. Hisobingizni ilovada (Profil → Hisobni o‘chirish) o‘chirishingiz mumkin. Faol gapingiz bo‘lsa, o‘chirish gap yakunlanguncha kechiktiriladi: bu ma’lumotlar gap a’zolari oldidagi majburiyatlarni bajarish va mumkin bo‘lgan nizolarni hal qilish uchun zarur (Foydalanish shartlari, 4-bo‘lim). O‘chirilganda ismingiz «O‘chirilgan a’zo» bilan almashtiriladi, telefon raqamingiz o‘chiriladi, faqat uning qaytarib bo‘lmaydigan kriptografik izi saqlanadi — shu raqam qayta ro‘yxatdan o‘tsa, to‘lov tarixi bog‘lanishi uchun. Gap yozuvlari (navbat, to‘lov belgilari va tasdiqlar) boshqa a’zolarning hisobi to‘g‘ri bo‘lishi uchun o‘zgartirilmaydi.

6. Himoya

Ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi, kirish kodlari va sessiya tokenlari ochiq ko‘rinishda saqlanmaydi, ma’lumotlar bazasiga faqat vakolatli xodimlar kira oladi.

7. Sizning huquqlaringiz

Siz ma’lumotlaringiz haqida ma’lumot olish, ularni tuzatish, Telegram ulanishini istalgan vaqtda uzish (Profil → Telegram eslatmalari) va hisobingizni o‘chirish (5-bo‘limdagi tartibda) huquqiga egasiz. Buning uchun 1-bo‘limdagi manzilga murojaat qiling; so‘rovlar 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

8. Pul haqida

Gap! pul o‘tkazmaydi va saqlamaydi. Badallar a’zolar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, siz tanlagan usulda (naqd yoki to‘lov ilovasi orqali P2P o‘tkazma) o‘tadi. Gap! faqat pul qabul qilinadigan karta raqamini saqlaydi; karta muddati, CVV, PIN yoki SMS kodlarni hech qachon so‘ramaydi.

9. Yosh chegarasi

Gap! 18 yoshga to‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan.

10. O‘zgarishlar

Siyosat o‘zgarsa, yangi tahriri shu sahifada sana bilan e’lon qilinadi; muhim o‘zgarishlar haqida ilovada xabar beramiz.

Foydalanish shartlari · mygap.uz